O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi xizmatining
qarori
O‘zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi
Texnikaviy
shartlar
(0239-07/4-son
SanQvaNga qo‘shimcha)
[O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-iyulda hisobga olindi,
hisob raqami 31-son]
O‘zbekiston
Respublikasida yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi 0239-07/4-son SanQvaNga
kiritilayotgan qo‘shimcha
Epidemiologik
ko‘rsatma bo‘yicha profilaktik emlash kalendari “Shol kasalligi bilan
kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar” pozitsiyasidan so‘ng
quyidagi tahrirdagi pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“ |
Emlanishi lozim bo‘lgan |
Emlash turlari |
Vaksina oluvchilar yoshi |
Revaksinatsiya muddatlari |
|
Aholi bilan muloqotga kirishuvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish obyektlari (Davlat xizmatlari markazlari, O‘zbekiston pochtasi bo‘linmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug‘urta kompaniyalari, turistik agentliklar, go‘zallik salonlari, avtotransport vositalarini ta’mirlash va moy almashtirish, yuvish shaxobchalari, sartaroshxonalar, internet zallari, to‘lovlarni qabul qilish punktlari, rieltorlik xizmatlari, reklama xizmatlari va boshqalar) xodimlari; barcha turdagi savdo (oziq-ovqat, xo‘jalik mollari, kiyim-kechak do‘konlari, dorixonalar va boshqalar) obyektlari xodimlari; sport maktablari hamda sp�rt inshootlari xodimlari; madaniy hamda ko‘ngilochar obyektlar va dam olish maskanlari xodimlari; mehmonxonalar, mehmon uylari, xostellar, otellar, yotoqxonalar va kempinglar ishchi-xodimlari; yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlar xodimlari; davlat va nodavlat ta’lim muassasalari xodimlari; harbiy xizmatchilar; umumiy ovqatlanish joylari, jumladan jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish nuqtalari, choyxona, to‘yxona, kafe va restoranlarning xodimlari, shuningdek, mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchilar; barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy obyektlar xodimlari; kommunal xizmat sohasi xodimlari; aloqa va telekomunikatsiya obyektlari xodimlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari; huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari. |
Koronavirus infeksiyasiga qarshi |
18 yoshdan yuqori |
Vaksinani qo‘llashga doir yo‘riqnoma asosida |
”. |
O‘zbekiston
Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi
xizmati boshlig‘i B.YuSUPALIYEV
Toshkent
sh.,
2021-yil
19-iyul,
02-son